Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlar uchrashuvi arafasida O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi to‘qqiz o‘tish punkti ochildi (fotoreportaj)

Prezidentlar uchrashuvi arafasida O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi to‘qqiz o‘tish punkti ochildi (fotoreportaj)

Foto: «Facebook» / Negmatullo Mirsaidov

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 9—10-mart kunlari Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda. Mazkur tashrif arafasida O‘zbekiston-Tojikiston chegarasi orqali 9 ta o‘tish punkti tantanali ravishda ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning aniq misoli o‘laroq 2018-yil 1-mart kuni «Jartepa» («Sarazm»), «Qushkent» («O‘ra-Tepa»), «Uchqo‘rg‘on» («Havotog‘»), «Havastobod» («Zafarobod»), «Bekabod» («Hashtyak»), «Pop» («Navbunyod»), «Ravot» («Ravot»), «Gulbahor» («Ayvaj») avtomobil o‘tkazish punktlari va «Amuzang» («Hoshadi») temir yo‘li o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini qayta boshlashi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, «Ko‘lob-Moskva» yo‘nalishi bo‘ylab birinchi yo‘lovchi poyezdi «Amuzang» («Hoshadi») temir yo‘li o‘tkazish punkti orqali 7-mart kuni qatnashni boshlaydi. 

«Sputnik» nashrining yozishicha, 2002-yildagi hukumatlararo kelishuvga ko‘ra, ikki mamlakat chegaralari o‘rtasida 16 ta nazorat o‘tkazish punkti o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan to‘qqiztasi xalqaro maqomga ega. Punktlarning aksariyati 2000-yillar o‘rtalarida yopib qo‘yilgan bo‘lib, shu paytgacha faqatgina ikkita punkt ruxsatnoma rejimida ishlab kelgandi.

Foto: «Facebook» / Negmatullo Mirsaidov
Foto: «Facebook» / Negmatullo Mirsaidov
Foto: «Facebook» / Negmatullo Mirsaidov
Foto: «Facebook» / Negmatullo Mirsaidov
Foto: «Facebook» / Negmatullo Mirsaidov
Foto: «Facebook» / Negmatullo Mirsaidov
Foto: «Facebook» / Negmatullo Mirsaidov
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring