Prezidentning korrupsiyaga oid farmoni e’lon qilindi
«Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Ochiq ma’lumotlar portali hamda vazirlik va idoralarning veb-saytlariga boshqa ochiq ma’lumotlar qatorida quyidagilar ham joylashtiriladi:
a) hududlar kesimida «Haj» ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolarning yagona onlayn navbati;
b) bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati;
v) davlat xaridlarini amalga oshirishga oid tartib-taomillarni belgilovchi ichki hujjatlar;
g) bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinadigan hujjatlar;
d) nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlar.
Quyidagi imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi:
- falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
- o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining, (shu jumladan, Temurbeklar maktablari harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;
- oliy ta’lim muassasalaridagi harbiy kafedralarga qabul qilish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter