Prokuratura Sirdaryo va Toshkentda dorifurushlarni qo‘lga oldi

Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.A. 200 dona "Zardeks" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 10 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan sotish maqsadida saqlab kelayotgan yana 552 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Sh. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.A.ga 20 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter