Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura xodimlari uch hududda dollar sotayotganlarni qo‘lga oldi

Prokuratura xodimlari uch hududda dollar sotayotganlarni qo‘lga oldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahri bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar Sh.I. va A.X. fuqaro R.Sh.dan jami 5 700 AQSh dollarini 73,4 mln so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 63,4 mln so‘mni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Buvayda tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro D.U. fuqaro X.Sh.ga 3 500 AQSh dollarini 45 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Bo‘ka tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. fuqaro Q.Sh.ga 3 300 AQSh dollarini 42,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4 750 AQSh dollari, 307 ming Rossiya rubli va 65,1 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring