Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura O‘zbekiston bo‘ylab dollarfurushlarni ushlamoqda

Prokuratura O‘zbekiston bo‘ylab dollarfurushlarni ushlamoqda

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSh dollarini 38,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSh dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirg‘iz somi ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSh dollarini 24,7 mln so‘mga, 83 800 Rossiya rublini 12,9 mln so‘mga va 485 500 tengeni 13,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, Departamentning Yakkabog‘ tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. fuqaro M.X.dan 3 500 AQSh dollarini 45,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Gurlan tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.K. “Gurlan dehqon bozori” AJ oldida fuqaro M.X.dan 350 000 Rossiya rublini 52 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring