Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qahramon Quronboyev lavozimidan ketgani haqida xabarlar tarqaldi

Qahramon Quronboyev lavozimidan ketgani haqida xabarlar tarqaldi

Rustam Inoyatov va Qahramon Quronboyev.

Foto:«Xabar.uz»

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev lavozimidan bo‘shagani haqida xabarlar tarqaldi. 

«Xabar.uz» mazkur ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida Ittifoqning mas’ul xodimlaridan biri bilan bog‘landi. Xodimning aytishicha, rahbar o‘z o‘rnida, avvalgidek ish jarayoni bilan mashg‘ul. «Tarmoqda tarqalayotgan xabarlar asossiz», — dedi u. 

Eslatib o‘tamiz, Quronboyev 2017-yil 30-iyun kunidan (YI tashkil topganidan buyon) boshlab tashkilotga rahbarlik qilib kelmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring