Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiq dovonida holat qanday? (foto)

Qamchiq dovonida holat qanday? (foto)

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni qismida kecha 14-noyabr kuni tushdan keyin yog‘ishni boshlagan qor bugun 15-noyabr tongda tindi.

Ayni paytda Qamchiq dovonida havo ochiq, quyoshli, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Kecha dovonda qor yog‘ishni boshlagandan so‘ng Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchilari va texnikalari yordamida «Qamchiq» dovoni yo‘llarida tuni bilan qordan tozalash ishlari olib borildi. Hosil bo‘lgan yaxmalakni bartaraf etish uchun qum va tuz aralashmasi sepilib, yo‘llar harakatlanish uchun xavfsiz holatga keltirib turildi.

Avtotransport vositalarining uzluksiz ikki tomonlama harakati cheklangani yo‘q. Qamchiq dovoni yo‘llarida hozirgi vaqtda avtotransport vositalari beto‘xtov ikki tomonlama harakatlanmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring