Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamoqdan chiqarilgan Guljahon Yo‘ldoshevaga OAV bilan gaplashish taqiqlab qo‘yildi

Qamoqdan chiqarilgan Guljahon Yo‘ldoshevaga OAV bilan gaplashish taqiqlab qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

Shov-shuvli tarzda qamoqqa olinib, roppa-rosa bir oy deganda uy qamog‘iga o‘tkazilgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga ommaviy axborot vositalari vakillari bilan gaplashish ta’qiqlab qo‘yildi. Bu haqda Kun.uz ma’lum qilmoqda.

Ta’qiq dastlabki tergov harakati yakunlanguncha amalda bo‘ladi. Nashrga ko‘ra, 6 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi binosida G.Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘llangan ehtiyot chorani o‘zgartirish yuzasidan o‘tgan sud majlisi yopiq shaklda kechgan. Unga ayblanuvchining yaqinlari ham, OAV vakillari ham kiritilmadi.

Yo‘ldoshevaning yaqinlariga ko‘ra, sud ajrimida unga tergov yakuniga qadar OAVga intervyu berishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Sud majlisidan so‘ng Guljahon Yo‘ldoshevadan intervyu olishning imkoni bo‘lmagan. Olti nafar voyaga farzandning onasi bo‘lgan ayblanuvchi sud majlisidan chiqiboq ichki ishlar xodimlari kuzatuvida uyiga olib ketilgani aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring