Qandli diabetni davolashning yangi usuli topilgani aytilmoqda
AQShning Uayl Kornell Medikal kolleji tadqiqotchilari qandli diabetdan xalos bo‘lishning samarali usulini topganini ma’lum qildi.
Buning uchun maxsus oqsillar yordamida oshqozon ildiz hujayralaridan insulin ishlab chiqarishga mas’ul GINS hujayralari o‘stirilib, tajriba sichqonlari me’dasiga ko‘chirib o‘tkazildi.
Ma’lum vaqtdan so‘ng bu tadqiqot o‘z natijasini ko‘rsatdi. Transplantatsiya qilingan hujayralar insulin ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlandi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur yangilik qandli diabetning 1-turi va boshqa oshqozon osti bezi kasalliklarini davolashda katta samara berishi mumkin.
Insonlarda o‘tkaziladigan klinik sinovlardan so‘ng yakuniy xulosalar ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter