Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Maroqand neft bazasiga qarashli filialda talon-tarojlik holati aniqlandi (video)

«O‘zbekneftgaz»: Maroqand neft bazasiga qarashli filialda talon-tarojlik holati aniqlandi (video)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliyaviy va komplayens nazorati yo‘nalishidagi xato-kamchiliklarni aniqlash va ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Hususan, «Maroqand neft bazasi» MChJga qarashli Bulung‘ur filialida neft mahsulotlarining navbatdan tashqari inventarizatsiyasi o‘tkazildi.

O‘rganishlar jarayonida, Bulung‘ur filiali moddiy javobgar shaxsi X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, 7 ta vertikal po‘lat sig‘imlarga (RVS) qasddan texnik o‘zgartirish kiritish va qo‘lbola usulda sig‘im ichiga temir quvur joylashtirilganligi aniqlandi.

Buning natijasida tezkor ma’lumotlarga ko‘ra jami 21 494,7 mln. so‘mlik 2 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yilganligi va katta miqdorda talon-taroj qilinganligi holati aniqlandi.

Xususan:

- Ai-80 avtobenzinidan 18 340,4 mln.so‘mlik 2 382,1 tonna;

- EKO markali dizel yoqilg‘isidan 75,2 mln.so‘mlik 4,7 tonna;

- TDL-05 markali dizel yonilg‘isidan 1 752,1 mln.so‘mlik 111,6 tonna;

- TD-K5 yevro markali dizel yoqilg‘isidan 1327,0 mln.so‘mlik 75,1 tonna.

Holat yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring