Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida qarag‘ay va shumtol kesib, 113,9 million zarar keltirganlar ushlandi

Qarshida qarag‘ay va shumtol kesib, 113,9 million zarar keltirganlar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Qarshi shahrida daraxt kesib, tabiatga katta miqdorda zarar keltirganlar qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.B. va boshqalar Qarshi shahar «Nasaf» ko‘chasi yo‘l yoqasidagi 20 dona qarag‘ay va 1 dona shumtol daraxtlarini kesib, nobud qilganliklari natijasida tabiat va o‘simlik dunyosiga jami 113,9 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring