Qarz qayerdan paydo bo‘ldi?

«Beruniy tuman suv tarmoqlari filiali mening xonadonimga qarzdorlik hisoblab qo‘yibdi, lekin to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelganman», — deydi tumandagi Bo‘stonda yashovchi fuqaro Bekjon Matkarimov iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozgan arizasida.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaatni o‘rganish natijasida iste’molchining xonadonida ichimlik suvi hisoblagichi bo‘lishiga qaramasdan, qarzdorlik fuqaroga tegishli uy va tomorqa maydoni (200 m/kv) hisobidan qayd etilgani ma’lum bo‘ldi.
Iste’molchi esa haqiqatdan ham ishlatgan suvi uchun to‘lovlarni amalga oshirgani va suvdan qarzi yo‘qligi aniqlandi. Shu bois maydon hisobidan yozilgan 1 million so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter