Qarzni aeroportning o‘zida to‘lash va taqiqni yechish mumkin bo‘ldi

Toshkent xalqaro aeroportida MIB tomonidan xorijga chiquvchi fuqarolar uchun interfaol shoxobcha xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu shoxobchada xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar orqali qarzdorlik tufayli taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olish va qarzdorlikni shu zahoti elektron to‘lov tizimlari orqali amalga ham oshirish mumkin. Shoxobchaga infokioska ham o‘rnatilmoqda, bu esa fuqarolarning naqd pulda ham to‘lovni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Endigina faoliyatini boshlagan shoxobchaga bir kunda 50 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari bo‘yicha taqiq masalalariga aniqlik kiritilmoqda. O‘z vaqtida to‘lanmay qolgan qarzdorliklar evaziga 30 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar elektron tarzda qabul qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter