Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxta terimidagi majburiy mehnat bo‘yicha «yetakchi» viloyat ma’lum bo‘ldi

Paxta terimidagi majburiy mehnat bo‘yicha «yetakchi» viloyat ma’lum bo‘ldi

5-sentyabr kuni AOKAdagi matbuot anjumanida 2019-yilgi paxta terimida majburiy mehnat holatlari ko‘proq aniqlangan viloyatlar ma’lum qilindi. Bu haqda kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Mahmadaliyev axborot berdi.

«Agarda 2019-yil yakuni bo‘yicha ko‘proq qaysi viloyatlarda majburiy mehnat holatlari aniqlanganini aytadigan bo‘lsak, murojaatlarning 21 foizi Qashqadaryo viloyatidan, 20 foizi Jizzax va 11 foizi Toshkent viloyatidan kelib tushgan», dedi rais o‘rinbosari.

Ta’kidlanishicha, 2019-yilda mamlakatdagi korxonalarning 3900 nafarga yaqin xodimlari paxta terimiga jalb etilgan.

Shuningdek, anjuman davomida Baxtiyor Mahmadaliyev kasaba uyushmalarida yuridik klinika borligini ta’kidlab, klinika bajaradigan ishlar haqida ham ma’lumot berdi.

«Bu yerda kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lishidan qat’iy nazar fuqarolarga bepul yuridik xizmat ko‘rsatiladi. Aholining barcha qatlamidan, ayniqsa mehnat munosabatlari yuzasidan yo‘llangan murojaatlar ko‘rib chiqiladi.

Yuridik klinika 14 ta viloyat birlashmasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuridik klinika qoshida «1092» qisqa raqamli koll-markaz tashkil etilgan», dedi u.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring