Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 2 nafar hokim yordamchisi qamoqqa olindi

Qashqadaryoda 2 nafar hokim yordamchisi qamoqqa olindi

DXX Qashqadaryoda 2 nafar hokim yordamchisini qamoqqa oldi.

Ma’lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs o‘zi norasmiy rahbarlik qiluvchi 2 ta MChJga qurilish materiallari sotib olish bo‘yicha bankdan ajratilgan 1,7 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi holati DXX tomonidan aniqlandi.

Yana bir holatda esa Shahrisabz tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs mahalliy fuqaro foydalanib kelayotgan 5 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqib ketganidan xabardor bo‘lib, unga ushbu yer maydonining 50 sotixini qoldirib berish evaziga 500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring