Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda respublika «Yosh arxivchilar forumi» bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryoda respublika «Yosh arxivchilar forumi» bo‘lib o‘tdi

Shahrisabz shahrida 9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni va 15-iyun «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinganligining 9 yilligiga bag‘ishlangan «Respublika yosh arxivchilar forumi» bo‘lib o‘tdi.

Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi, viloyat arxiv ishi boshqarmasi, viloyat hokimligi, O‘zLiDeP viloyat Kengashi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilib, unda 100 dan ziyod yoshlar, davlat arxivi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar ishtirok etishdi.

Forum doirasida dastlab Shahrisabz shahrida joylashgan Oqsaroy majmuasida sayohat uyushtirildi. Shuningdek, mehmonlar «Maqomchilar muzeyi» eksponatlari bilan tanishish bilan barobarida madaniy tadbirda qatnashdi.

Yosh arxivchilar forumi Shahrisabz Madaniyat saroyi binosida tashkillangan «Bilimdon arxivchilar» intellektual musobaqasi bilan davom etdi. Musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandi.

Kunning ikkinchi yarmida forum qatnashchilari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqotda ishtirokchilari o‘zlarining taklif va mulohazalari bilan «O‘zarxiv» agentligi bosh direktori U.Yusupov bilan ochiq suhbat uyushtirishdi. Shundan so‘ng, Shahrisabz shahar madaniyat saroyi katta zalida «Elektron xujjatlarni shakllantirilish, jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etish» mavzusidagi konferensiya tashkil etildi. Tadbirda so‘z olgan «O‘zarxiv» agentligi bo‘lim boshlig‘i A.Aliyev xujjatsiz tarix, tarixsiz davlat bo‘lmasligini ta’kidlab, yosh arxivchilar oldida turgan katta ma’suliyatni his etgan tarzda faoliyat yuritishlarini aytib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring