Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qazg‘oq xavfli kasallikdan darak berishi mumkin

Qazg‘oq xavfli kasallikdan darak berishi mumkin

Foto: NIAID/Keystone Press Agency/Global Look Press

Britaniyada Parkinson kasalligini o‘rganuvchi jamiyat olimlarining fikricha, qazg‘oq mazkur kasallik alomatlaridan biri hisoblanadi. U yengil shaklda kechuvchi seboreyali dermatitdan qiynalayotgan odamlarda uchraydi.

Boz ustiga, hozircha olimlar nima uchun dermatit Parkinson kasalligidan qiynalayotgan bemorlarga zarar yetkazishini tushunishmayapti.

«Express» nashrining qayd etishicha, kasallikning og‘ir shaklida odamning bosh terisi qizarib, tangacha bilan qoplanadi. Kamdan-kam hollarda toshma toshishi mumkin.

Seboreyali dermatit tana va bosh terisini zararlaydi. Uning kelib chiqishiga odatda gormonal buzilishlar sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring