Qidiruvdagi 12 shaxs BAAdan O‘zbekistonga qaytarildi

Yaqinda mamlakatimiz huquq-tartibot idoralari tomonidan qidiruvda bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Bunday natijaga Milliy markaziy byurolarimiz o‘rtasidagi ishlab chiqilgan ikki tomonlama aloqalar orqali erishildi, deyiladi xabarda.
Arab hamkasblari bilan o‘tkazilgan virtual uchrashuvda jinoyatchilarni aniqlash va topshirish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini faollashtirish va o‘tkazishda ikki tomonlama yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Turli jinoyatlar sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan uch nafar shaxsni topshirish tasdig‘i olindi. Shuningdek, keyingi harakatlarni belgilash uchun kuzatuv guruhi BAAga kelganda uchrashish taklif etildi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida Interpolning Toshkentdagi Milliy markaziy byurosi xodimlari qidiruvda bo‘lgan o‘n ikki nafar shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish jarayonini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Ular mamlakat sud organlari oldida javob berish va munosib jazo olish uchun topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter