Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha atoqli olim vafot etdi

Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha atoqli olim vafot etdi

Texnika fanlari doktori, professor, «Fidokorona xizmatlari uchun»  va «Mehnat shuhrati» ordenlari sohibi Mahamad Toshboltayev 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. 

Mahamad Toshboltayev 1947-yil 18-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

Mahamad Toshboltayev qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib, 19 nafar fan doktori, doktorant, mustaqil tadqiqotchi va magistrlarga ilmiy rahbarlik qilgan. U jami 726 ta ilmiy ishlarning, jumladan 73 ta ixtiro, 78 ta monografiya, kitob va risola hamda 575 ta ilmiy maqola muallifidir.

Umrining so‘ngiga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring