Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi vaziriga uch o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziriga uch o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziriga birdaniga uchta o‘rinbosar tayinlandi. 

Jumladan, Azim Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Akmal Qosimov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Prezident Administratsiyasi agrosanoat kompleksini rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Bunyod Oxunov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi moliya-iqtisodiyot va investitsiyalar departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aziz Voitov Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan olinib, uning o‘rniga Ibrohim Abdurahmonov tayinlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring