Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizil go‘shtni ko‘p iste’mol qilish insonni tezroq qaritadi — olimlar

Qizil go‘shtni ko‘p iste’mol qilish insonni tezroq qaritadi — olimlar

Foto: Xabar.uz

Ko‘p miqdorda qizil go‘sht iste’mol qilish biologik qarishni tezlashtirishi mumkin. Germaniya va Shotlandiya olimlari shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi «Vechernyaya Moskva».

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ratsiondagi ortiqcha go‘sht tanadagi N-trimetilamin oksidi darajasini oshiradi. Ushbu modda qarish jarayonini boshlaydi. Shuning uchun mutaxassislar imkon qadar qizil go‘shtni dukkaklilar bilan almashtirishni maslahat berishdi.

Ilmiy tadqiqotda olimlar nima uchun odamlar har xil darajalarda qarishi mumkinligini aniqlash uchun bir million odamning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, temirning haddan tashqari yuqori darajasi Parkinson kasalligi, jigar kasalligi va immunitetning pasayishi kabi yoshga bog‘liq kasalliklar bilan bog‘liq.

Mualliflar o‘zlarining topilmalari «qonda temirning yuqori darajasi bizning sog‘lom umrimizni qisqartirishini qat’iy ko‘rsatmoqda» degan xulosaga kelishdi. Temir almashinuvini tartibga soluvchi preparatni ishlab chiqish qarishning ba’zi oqibatlarini yengishga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring