Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qobil Do‘sov sudda yutqazdi. Uning advokatlari qarordan norozi

Qobil Do‘sov sudda yutqazdi. Uning advokatlari qarordan norozi

Qobil Do‘sov.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va sobiq deputat Qobil Do‘sov o‘rtasidagi sud jarayoni nihoyasiga yetdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi 16-noyabr kuni Xalq ta’limi vazirligining da’vo arizasini qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqardi.

Qaror mazmuniga ko‘ra, endi Qobil Do‘sov ijtimoiy tarmoqlarda XTVga nisbatan aytgan gaplari uchun raddiya berishi va uzr so‘rashi lozim.

Do‘sov va uning advokatlari qabul qilingan qarordan norozi ekanligi va apellyasiya shikoyati kiritishlarini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vazirligi o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatganligi uchun fuqaro Qobul Dusovdan raddiya berishni talab qilib fuqarolik sudiga murojaat qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring