Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda 148 metr balandlikda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

Qo‘qonda 148 metr balandlikda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab Qo‘qon shahriga kirib kelishda, ya’ni Toshkent ko‘chasida joylashgan 148 metrli ulkan inshootga O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda saytimizga mobil-muxbirimiz O‘tkirbek Hayitov ma’lum qildi.

Mazkur inshoot Qo‘qon shahar issiqlik manbaiga (TES) qarashli bo‘lib, bayroq isitish qozonining bug‘ini chiqaruvchi quvurga o‘rnatilgan.

Bu ulkan bayroqni qo‘qonliklar shaharning istalgan nuqtasidan ko‘rishi mumkin, ayniqsa, oqshomda chiroq nurlari ostida o‘zgacha ko‘rinish aks etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring