Qo‘rg‘ontepa hokimining 18 yordamchisi yoppasiga ishdan olindi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi qaroriga asosan, hokimning mahalla fuqarolari yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha 18 nafar maslahatchisi ishdan olingan.
Xususan:
- Sardorbek Mamarasulov Oltinsoy mahallasi;
- Baxtiyor Umarov Nafosat mahallasi;
- Muhammadmuso Obidov Chorvador mahallasi;
- Abdug‘ani Abduqodirov Yangiobod mahallasi;
- Nozimjon Abdugapparov Toshloq mahallasi;
- Husanbek Jahongirov Xo‘jatepa mahallasi;
- Sarvarjon Abdirayimov Birlik (2-sektor) mahallasi;
- Davronbek Hakimov Dexqonobod mahallasi;
- Olmosbek Raimqulov Buyuk turon mahallasi;
- Dilmurod Xo‘jamberdiyev A.Yassaviy mahallasi;
- Akmaljon Hamdamov Jannat buloq mahallasi;
- Nodirbek To‘xtaboyev Ozod mahallasi;
- Lutfulla Uvaysidinov Ustoz mahallasi;
- Ravshanbek Usmonov Ko‘nchilik mahallasi;
- Husanboy Hakimov Hurobod mahallasi;
- Eldorbek Yunusov Birlashgan mahallasi;
- Zohidjon Qahramonov Mustaqillik mahallasi;
- Akmaljon Abdig‘opirov G‘ayrat mahallasi.
Ularning ishdan olinish sabablari hozircha ma’lum emas.
Shuningdek, Eldorbek Yunusov tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajarauvchi etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter