Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘riqlash boshqarmasi 7 yil o‘tib Milliy gvardiyadan IIVga qaytarildi

Qo‘riqlash boshqarmasi 7 yil o‘tib Milliy gvardiyadan IIVga qaytarildi

Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi.

PQ–360-son qarorga ko‘ra, Departament va uning bo‘linmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan:

  • shartnoma asosida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa ob’yektlar, ta’lim muassasalari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va qurilish ob’yektlarini zamonaviy usullar orqali qo‘riqlash;
  • qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki tartib va nazorat o‘tkazish rejimlarini ta’minlash;
  • qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish.

2026-yil 1-yanvardan qo‘riqlovga olingan banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa obyektlarning fuqarolar kirish va chiqish joylariga bosqichma-bosqich shaxsning yuzini tanib olish imkoniyatiga ega texnik vositalar o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning yanvarida Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIVdan Milliy gvardiya tarkibiga o‘tkazilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring