Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shrabotda yirik o‘g‘rilik aniqlandi: ma’lumotlar

Qo‘shrabotda yirik o‘g‘rilik aniqlandi: ma’lumotlar

Qo‘shrabot tumanida 753 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan shaxslar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir  o‘tkazilgan.

Unda fuqaro B.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda toshlarni qazib olish, qayta ishlash va sotish faoliyatini amalga oshirish uchun hech qanday hujjatsiz elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib olib, jami 753 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namangan va Sirdaryoda ham yirik talon-torojliklar aniqlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring