Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bosh vazirini mukofotladi

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bosh vazirini mukofotladi

Foto: Xabar.uz

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti K.Tokayev O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripovni II darajali «Dostik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston elchixonasi xabar berdi.

«Dostik» ordeni («Do‘stlik» ordeni) Qozog‘iston Respublikasining eng yuqori davlat mukofoti bo‘lib, chet el davlatlari fuqarolariga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.

Ayni paytda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib bormoqda, ularning asosiy platformasi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek sanoat kooperatsiyasi va transport sohasidagi o‘zaro hamkorlikdir.

Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasi ikki qardosh xalqlar o‘rtasida rivojlangan munosabatlarning yuqori darajasiga to‘g‘ri keladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama mustahkamlash va o‘zaro aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripovning yuqori mukofot bilan taqdirlanganligi qo‘shni qardosh xalqning O‘zbekistonga bo‘lgan hurmat belgisidir.

Ushbu mukofot O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning 60 yoshga kirishi munosabati bilan e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring