Qozog‘istondan O‘zbekistonga 500 bosh sayg‘oq olib kelish rejalashtirilmoqda — Aziz Abduhakimov

2025 yil iyul oyida G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida sayg‘oq populyasiyasini nazorat qilish bo‘yicha rasmiy dastur boshlangan edi. Ushbu dastur doirasida 2,3 milliondan ortiq boshdan 460 minggacha sayg‘oqni nazoratli tarzda kamaytirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu imkoniyatdan foydalanib, Qozog‘istondan sayg‘oqlarning bir qismini O‘zbekistonga olib kelish tashabbusini ilgari surdi.
Vazir Aziz Abduhakimov ushbu tashabbus bo‘yicha quyidagicha izoh berdi:
«Biz Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda 500 bosh yosh sayg‘oqni O‘zbekistonga olib kelishni rejalashtirganmiz. Mutaxassislarimiz ularning mahalliy muhitga moslashuvini o‘rganadi. Bu kamyob turni saqlab qolish yo‘lida muhim qadamlardan biridir».
Ushbu tashabbus O‘zbekistonda bioxilma-xillikni tiklash va kamyob hayvonot turlarini asrab-avaylash yo‘lida katta ahamiyatga ega!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter