Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qumqo‘rg‘on tumanida uysiz ayolga uy qurib berilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanida uysiz ayolga uy qurib berilmoqda

Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Raxmatulla Gapparov chekka hududdagi «Kattako‘l» mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabuldagi murojaatlar ijrosi bilan tanishish maqsadida «Kattako‘l», «Oqtom», «Ko‘ganli», «Ariqoshgan» mahallalarida bo‘ldi.

«Ko‘ganli» mahallasidan turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan Rajabova Zulfiya uy-joy qurib berish masalasida amaliy yordam berishni so‘ragandi. Tuman hokimi ushbu xonadonda bo‘lib, yangi quriladigan uy loyihasi chizmasi bilan tanishdi va qurilish ishlari boshlandi.

«Kattako‘l» mahallasidan bir qancha fuqarolar, zovur yo‘qligi bois, sho‘r qatlam yer satxiga chiqib, yo‘llarning strukturasining butunlay o‘zgarib, unga shikast yetkazganligi bois qishloq yo‘llari ham nosoz holga kelib, aholisning uy-joylari sho‘rlab ketayotgani bois qishloqda zovur qazish muammosini o‘rtaga tashlagan edi. Ushbu masala ham ijobiy hal qilindi. Sayyor qabuldagi murojaatlar, sog‘liqni tiklash, elektr energiyasi, gaz ballon olish va shu kabi boshqa masalalar ham joyida yechimini topdi.

«Oqtom» mahallasidagi aholini ko‘p yillardan beri o‘ylantirib kelayotgan, ichki yo‘llarning ta’mirlanish muammosiga ham barham berildi. Ichki yo‘llarga tosh to‘kilib, joriy tamirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring