Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosi soat 10:00 ga qadar bepul xizmat ko‘rsatadi
Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni yo‘lovchilarga qulayliklar yaratilishi haqida ma’lumot berdi.
2024-yil 16-iyun — Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin ochilib, tonggi soat 03:00 dan ish boshlaydi.
Aytilishicha, Qurbon hayiti kuni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter