Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish tashkilotlari uchun reyting joriy etiladi

Qurilish tashkilotlari uchun reyting joriy etiladi

1 iyuldan loyiha-qidiruv, 1 sentyabrdan esa qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi. 2020 yil 1 iyuldan soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllanadigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi hisoblab boriladi.

Unda ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar aks ettiriladi.

2020 yil 1 sentyabrdan soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari, shuningdek, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladigan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.

Unda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

— ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar;
— qurilishi tugallangan ob’yektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi hamda boshqa mezonlar.

Reyting qurilish ishlari hajmlari va ob’yektlari bo‘yicha tabaqalashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring