Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvayt aviakompaniyasi Namangan shahriga reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Quvayt aviakompaniyasi Namangan shahriga reyslarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Kuvayt poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilganiga bir yil o‘tganidan so‘ng, Jazeera Airways kompaniyasi O‘zbekistonning kattaligi bo‘yicha uchinchi shahri, mamlakatning sharqiy qismida joylashgan Namangan yo‘nalishida reyslar ochilganini e’lon qildi.

Bu haqda «Dunyo» AA  xabar berdi.

Aviakompaniya yangi yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni haftasiga uchta reys bilan - dushanba, chorshanba, juma kunlari amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Birinchi aviaparvoz joriy yilning 30 sentyabr kuni yo‘lga qo‘yiladi.

Hozirgi paytda Jazeera Airways kompaniyasi bilan Al-Kuvayt – Samarqand – Al-Kuvayt yo‘nilishi bo‘yicha aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring