Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rahbar ijtimoiy ob’yektlar uchun ajratilgan mablag‘ni talon-toroj qildi

Rahbar ijtimoiy ob’yektlar uchun ajratilgan mablag‘ni talon-toroj qildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Ko‘mir sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “Ya.F.” MChJ mas’ul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan tumandagi 31 ta ijtimoiy soha ob’yektlarini isitish mavsumida ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larning 301,1 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab, rastrata qilish yo‘li bilan bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring