Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon oyi 1-mart sanasidan boshlanadi

Ramazon oyi 1-mart sanasidan boshlanadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda muqaddas Ramazon oyi 1-mart sanasidan boshlanadi. Bu haqda prezident qarorida ma’lum qilingan.

"2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin", deyiladi qarorda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring