Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon shukuhi. Qadimiy Buxoroda taroveh namozi (foto)

Ramazon shukuhi. Qadimiy Buxoroda taroveh namozi (foto)

Foto: Xabar.uz

Buxoroda jome’ masjidlari soni 107 tani tashkil etadi. Shundan 103 ta jome’ masjidda Ramazonning ilk «Taroveh» namozlari o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoroda 20 dan ortiq eng yirik va katta sig‘imga ega masjidlar bor. Yangidan bunyod etilgan va 2 mingdan 5 ming nafargacha namozxonni sig‘dira oladigan Qorako‘l tumanidagi «Qubri ota» jome’ masjidi, Vobkentdagi «Kumushkent», Buxoro shahridagi «Xiyobon», Kogon tumanidagi «Alisher Navoiy», Romitan tumanidagi «Mullo Narzi»«Eshoni pir»,  Jondordagi «Usto Farhod»«Abdujalil Turkistoniy», G‘ijduvon tumanidagi Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy, «Freshkent»,  Shofirkondagi «Xo‘ja Badarg‘a» nomli jome’ masjidlar shular jumlasidandir.

Birgina  G‘ijduvon tumanidagi Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy masjididagi joriy yilgi Ramazonning ilk «Taroveh»   namoziga jome’ masjid ichki va tashqi atroflarida o‘n minglab namozxonlar to‘planishgan. Shu nuqtayi nazardan, Buxoro viloyati bo‘yicha mavjud jome’ masjidlarida salkam 20 mingdan ziyod namozxon Ramazonga shukronalik keltirishgan.

Buxoro viloyat Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi jamoat xavfsizligi bo‘limi jamoat tartibini saqlash guruhi inspektori, kapitan Azamat Nabotovning «Xabar.uz»ga bildirishicha, barcha jome’ masjidlarida tartib o‘rnatilgan. 84 ta masjidning katta avtomobil yo‘llari yoqasida joylashganligi inobatga olinib, namoz vaqtlarida transport vositalari harakatiga vaqtincha cheklash qo‘yilgan. Shuningdek, «Taroveh»  namozlarini tartibli o‘tkazish maqsadida Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya hamda yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari jalb etilgan. Texnik hamda  sanitariya talablari nazorat ostiga olingan.

«Ramazonning ilk kunida o‘qilgan «Taroveh» namozlarida qo‘shni davlatlardan kelgan sayohlargina emas, balki Eron, Pokiston, Hindiston, Malayziya, Turkiya, Singapur va boshqa musulmon davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar ham namozlarga bosh egishib, ibodatga musharraf bo‘ldilar»,-dedi Azamat Nabotov.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring