Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish uchun xorijdan 45 mln yevro kredit olinadi

O‘zbekistonda raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish uchun xorijdan 45 mln yevro kredit olinadi

«O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish» loyihasini amalga oshirish uchun «KfW» (Germaniya) bankining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 12 yil muddatga jami 45 mln yevro miqdorida imtiyozli kredit va 5,5 mln yevro grant mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Mazkur mablag‘lar jalb qilinishi oqibatida 2022-yil oxiriga qadar xalqaro standartlarga asoslangan raqamli sog‘liqni saqlash platformasi yaratilishi, 2023-yil oxiriga qadar sog‘liqni saqlashning barcha darajalaridagi davolash profilaktika muassasalari uchun ma’lumotlar bazasini yaratish, 2024-yil oxiriga qadar Respublika elektron vizualizatsiya va teleradiologiya tizimini yaratish, 2025-2026-yillar oxiriga qadar sog‘liqni saqlash sohasi ma’muriyati hamda mutaxassislari shuningdek, bemorlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilaydigan axborot tizimlari, dasturiy ta’minot va elektron platforma ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 58,21 million yevroga teng bo‘lib, jumladan:

  • Raqamli Sog‘liqni saqlash Respublika platformasini yaratish (RSSRP) – 17,94 mln. yevro;
  • Davolash-profilaktika muassasalari uchun ma’lumotlar bazasini yaratish – 5,18 mln. yevro;
  • Viloyat va tuman tibbiyot muassasalarining AKT infratuzilmasini jihozlash va texnik-apparat vositalari bilan ta’minlash – 13,8 mln. yevro;
  • Respublika elektron vizualizatsiya va teleradiologiya tizimini yaratish – 7,59 mln. yevro;

Loyihani boshqarish bo‘yicha maslahat xizmatlari:

  • Raqamli sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish qo‘mitasini tashkil etish – 3,45 mln. yevro;
  • Kutilmagan xarajatlar – 3,30 mln. yevro.
  • Qo‘shimcha chora (Grant mablag‘lari):

Kompetensiya va salohiyatni oshirish hamda o‘qitish – 1,5 mln. yevro;

  • IT-Med konsalting xizmatlari – 1 mln. yevro;
  • Dispozitsiya jamg‘armasi / Moslashuvchan ekspertlar jamg‘armasi – 1 mln. yevro;
  • Sog‘liqni saqlash sohasi strategiyasi / Tarmoq investitsiya rejasi – 2 mln. yevro;
  • Investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar – 1,32 mln. yevro (ekv.);
  • Boshqa xarajatlar – 0,13 mln. yevro (ekv.).

Mazkur loyiha doirasida, shuningdek, davlat tibbiy xizmatlaridan foydalanadigan aholi yillik 27 mln. nafardan ko‘pni tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring