Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev deputatlikdan ketishga qaror qildi

Rasul Kusherbayev deputatlikdan ketishga qaror qildi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deputatlikdan ketishga qarorini e’lon qildi.

«Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman.

Bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman.

Ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozing bo‘linglar!

Nasib qilsa qolganini vaqt ko‘rsatadi. Alloh madadkor bo‘lsin!», deya post qoldirdi u.

Biroz avvalroq deputat o‘zining tvitterdagi sahifasida budjet muhokamalarida ishtirok etmaganini qayd etdi.

«Bu safargi budjet muhokamalarida ishtirok etmadim. Katta hajmdagi loyihani o‘qishga ham yetarli vaqt berilmadi. 1-o‘qishda yalpida so‘z so‘rasam zam spiker U.Inoyatov ochiqchasiga so‘z bermadi. So‘ng majlisdan chiqib ketdim va kirmadim.

Deputatlarni og‘zini yopadigan zamlarni boridan yo‘g‘i yaxshi», deb yozgandi.

Avvaloq u bu loyihaning qabul qilinishiga to‘liq qarshiligini bildirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring