Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika bo‘ylab barcha soliqchilarning daromadlarini deklaratsiyalash tizimi ishlab chiqilgan

Respublika bo‘ylab barcha soliqchilarning daromadlarini deklaratsiyalash tizimi ishlab chiqilgan

Davlat soliq xizmati har bir xodimining daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi ishlab chiqilgan.

Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirokidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolash marosimida ma’lum qilindi.

Tadbir doirasida mazkur platforma taqdimoti ham o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, ayni paytda Navoiy va Chirchiq shaharlarida daromadlarni deklaratsiya qilish mexanizmini joriy etish bo‘yicha eksperiment sinov tariqasida amalga oshirilmoqda. Pilot loyiha yakunlariga ko‘ra, ushbu tizim bosqichma-bosqich butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.

Qo‘mita xabarida, ikki idora o‘rtasida imzolangan Memorandum korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni mustahkamlash, soliq organlari faoliyatining shaffofligini oshirish hamda zamonaviy ichki nazorat mexanizmlarini joriy etishga qaratilgani ta’kidlanadi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalarni, jumladan sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni keng qo‘llash, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlik siyosatini izchil rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan barqaror korrupsiyaga qarshi muhitni shakllantirish, halollik tamoyillarini mustahkamlash va xizmat odobi qoidalarini kuchaytirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring