Respublika pediatriya markaziga direktor tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Abduqayumov Abdumannop Abdumajitovich Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
A. Abduqayumov 2001 yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2004 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan.
Dastlabki ish faoliyatini xususiy klinikada otorinolaringolog shifokor sifatida boshlab, keyinchalik Toshkent pediatriya tibbiyot institutining «Otorinolaringologiya» kafedrasi katta ilmiy xodimi sifatida davom ettirgan.
Tibbiyot fanlari doktori A. Abduqayumov 2014 yildan tayinlovga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — bosh vrachi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter