Respublika tez tibbiy yordam markaziga direktor tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan G‘afurov Abduvoitjon Huseynovich Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
41 yoshli A.G‘afurov iqtisodchi va dasturchi-muhandis mutaxassisligiga ega.
U o‘z faoliyati davomida qator xususiy sektor korxonalarida texnik, ijrochi va bosh direktor kabi rahbarlik lavozimlarida ish olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter