Rog‘un bo‘yicha kelishuv, kuchga kirgan yangi qonun, «iPhone X» vs. «Galaxy S9+», yonib ketgan «Toyota», Shahram G‘iyosovning ilk jangi va boshqa xabarlar

Bugun, 10-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Siyosat
Tojikistonga tarixiy tashrif. Ikkinchi kun
Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palata raisini qabul qildi
Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vaziri bilan uchrashdi
Xususan, tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejasi ikki mamlakat hukumatlariga katta mas’uliyat yuklaydi.
Tarixiy tashrif yakunida qo‘shma bayonot imzolandi
Prezidentlar uzoq muddatli hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va hamkorlikning barcha yo‘nalishlaridagi mavjud yuksak salohiyatni imkon qadar to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadida yaqin istiqbolda ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Prezidentlar Rog‘un GES bo‘yicha kelishib oldilar
Prezidentlar suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish sohasida mintaqaviy sheriklikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar hamda Markaziy Osiyo uchun suv-energetika muammolarini hal etishda mavjud va barpo etilayotgan gidroenergetik inshootlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi (foto)
Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir 27 hujjat imzolandi.
Infografika
Shakardagi xatar. Yaltiragan narsa har doim ham oltin bo‘lavermaydi (Infografika)
Biz kun mobaynida iste’mol qiladigan ichimlik va yeguliklarning qariyb uchdan bir qismida shakar bor, holbuki, organizm buni qayta ishlay olmaydi.
Jamiyat
Namanganda bedarak yo‘qolgan qiz Qoraqalpog‘istonda topildi
Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi Nozigul Ismailova ismli qiz bedarak yo‘qolgan edi. Tezkor tadbirlar natijasida qiz Qoraqalpog‘istonda topildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyatida o‘zgarish
Maktabgacha ta’lim vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari K.Akmalov va Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uning o‘rnida ishlagan Gulchehra Jo‘rayevna Yuldasheva boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekistonda yangi qonun kuchga kirdi
Ya’ni qonun kuchga kirishi bilan har bir axborot tarqatuvchi fuqaro hushyorlikka amal qilgan holda o‘zlari yoki bu sohadagi ekspertlarning xulosasiga ko‘ra tarqatilayotgan axborotga yosh toifasini qo‘yishlari kerak bo‘ladi.
Toshkentda to‘xtashni taqiqlovchi yo‘l belgilari olib tashlanmoqda
Xatlov jarayonida yuqorida qayd etilgan yo‘l belgilarining harakat ishtirokchilariga ko‘rinish darajasi, shuningdek, ularning ko‘cha va yo‘llarning belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e’tibor qaratilmoqda.
Rustam Jo‘rayev: «Suv toshirish, bolalar shovqiniga oid qo‘ng‘iroqlar rad etiladi»
Xodimlar jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantiriladi, shuningdek, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Hodisa
Toshkentda qimmatbaho avtomobillar yonib ketdi (video)
Toshkent shahar Yunusobod tumani «Otchopar1» mahallasi Amir Temur shohko‘chasi 6-uy orqasidagi «Bek Maftuna Malika» MChJga qarashli avtoturargoh hududida yong‘in chiqdi.
To‘qqiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi
Qidiruvga berilgan bu shaxsning izi to‘qqiz yildan buyon topilmayotgan edi. U Tojikiston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga kirayotgan vaqtda aniqlanib, ushlandi.
8 mart kuni 500 ga yaqin qoidabuzarlik aniqlangan
250 ta svetoforning taqiqilovchi ishorasiga amal qilmay harakatlanish va 236 ta belgilangan tezlikni oshirish holatlari qayd etildi.
Marg‘ilondagi uydan 101 mingdan ortiq disk chiqdi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahar Zarafshon ko‘chasida yashovchi fuqaro F.I.ning yashash xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Oyiga 2000 dollar topish evaziga fohishalikka olib ketmoqchi bo‘lishdi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Madaniyat
Restavratsiyami yoki ta’mirlash? Buxorodagi Arkning qulab tushgan devori esingizdami? (foto)
Bundan bir necha kun avval (kunlar ancha sovuq edi) ishdan uyga qaytar ekanman, Eski shahardagi Ko‘kaldosh madrasasining so‘l qanoti o‘rab qo‘yilganiga ko‘zim tushdi. Navbatdagi ta’mirlash ishlari boshlab yuborilibdi. Ha, ha, navbatdagi.
Avto
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 42 foizga oshdi
O‘zbekistonda o‘tgan yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 42,6% ko‘proq avtomobil ishlab chiqarildi.
Texnologiya
Xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Toshkent shahrida «Hi-Tech City» bunyod etiladigan joy ma’lum bo‘ldi
1,4 mlrd. dollarga baholanayotgan «Hi-Tech City» — Toshkentning «yuqori texnologiyali tumani» O‘zekspomarkaz va Xalqaro biznes markazi joylashgan hududni o‘z ichiga oladi.
«iPhone X» va «Galaxy S9+»ning samaradorlik bo‘yicha «jonli» bellashuvi: kutilmagan natija!
Xo‘sh, ularning eng so‘nggi flagmanlari – «iPhone X» va «Galaxy S9+» modellarining samaradorligi, amalda ishlash tezligi qay darajada?
Sport
Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi
Toshkent vaqti bilan ertaga, 11-mart kuni tong saharda Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi ilk janglarini o‘tkazishadi.
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Malaga»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan La Liganing 28-tur uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.
«Qizillar» to‘qnashuvida mezbonlar g‘alaba qozondi
Angliya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv yakuniga yetdi.
Superliganing «supero‘yini». «Bunyodkor» «Paxtakor»ni yengdi
«Bunyodkor» stadionida Toshkent derbisi nomini olgan «Bunyodkor» – «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi chempionatning 2-tur doirasidagi so‘nggi uchrashuvi yakuniga yetdi.
Dunyo
Michiganda kuchli qor bo‘roni tufayli 60 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)
Hokimiyat vakillarining ma’lum qilishicha, jabrdiydalar bor, ammo ularning hayoti xavf ostida emas.
«AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR tomonidan aniq qadamlar tashlangan taqdirdagina Kim Chen In bilan uchrashadi», — deya ma’lum qildi AQSh prezidentining matbuot kotibi Sara Sanders
Tavsiya qilamiz
Davr savoli: vaqt tezlashmoqdami?
Yaqin-yaqinda ham soat taqish boylik belgisi bo‘lib, kishining ancha ilg‘orlab ketganini anglatardi. Ota-bobolarimizning suratxonalardagi soatlarni vaqtincha taqib, qo‘llarini iyaklariga tirab tushgan suratlarini hammamiz ko‘rganmiz.
Aleksandr Matrosov… o‘zbek o‘g‘loni bo‘lganmi?
Ana shu ikki millat bilan assimilyasiyaga kirishgan buxorolik va toshkentliklar orasida Shukurjon va Mansurjon ismlari oz bo‘lmagan. Bu kishi ismlarining o‘zbek va tatar-boshqird tillarining yaqinlashishi (assimilyasiyasi) natijasida Shukurzyan va Mansurzyan bo‘lib ketgan bo‘lishi tabiiy. Shunday ekan, o‘zbek o‘g‘loni Shukurjon Mansurjonov taqdir taqozosi bilan Aleksandr Matrosov bo‘lib ketgan desak, balki xato...
Axborot mahsulotini yaratgan muallif o‘zi mustaqil ravishda belgilab berilgan mezonlardan kelib chiqqan holda yosh tasnifini aniqlaydi va o‘sha belgini joylashtirgan holda mahsulotini tarqatadi. Bunda faqat kinofilmlar nazarda tutilmaydi, bu — kitob mahsulotlari yoki boshqa turdagi mahsulotlar bo‘lishi mumkin.
Uzoq yillik oshnangni qo‘yib yuborging kelarmidi! Qo‘yarda qo‘ymadim. Shunda hamxonam – «Mo‘minboyev» og‘zining tanobi qochganicha tirjayib menga so‘z qotsa bo‘ladimi: – E, namuncha «qo‘qoncha manzirat» qilasiz? – dedi u menga. – Axir, ich-ichingizda do‘stingizning ketishini xohlab turibsiz-ku! Palovxonto‘ra emish tag‘in!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter