Rostov va Samaradan o‘zbekistonliklar poyezdlar orqali qaytarilmoqda
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan hamda Samara viloyatidan olib kelish uchun «Toshkent-Rostov-Don-Toshkent» va «Toshkent-Kinel-Toshkent» temir yo‘l reyslarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 23-avgust kuni 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan poyezd «Pervomayskaya» stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, vatandoshlarni olib kelish uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ poyezdi Samara viloyatining «Kinel» stansiyasiga 24-avgust kuni yetib kelishi rejalashtirilgan.
Vatanimizga qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlari shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter