Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rustam Xolmatov yangi lavozimga tayinlanishi kutilmoqda

Rustam Xolmatov yangi lavozimga tayinlanishi kutilmoqda

O‘tgan haftada Prezident farmoniga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etilgandi.

Aytishlaricha, Toshkent viloyatining sobiq hokimi Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi lavozimiga saylanishi mumkin ekan. Bugun kasaba uyushmalarining Plenum yig‘ilishida ushbu masala ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Xushnudbek.uz kanali xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, ishdan olingan vazirlardan biri kuni kecha rektor etib tayinlangandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni selektor yig‘ilishida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘lishini qayd etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring