Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqand HET» turk kompaniyasi boshqaruviga beriladi

«Samarqand HET» turk kompaniyasi boshqaruviga beriladi

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini xususiy boshqaruvga berish bo‘yicha Turkiyaning «Aksa elektrik» kompaniyasi bilan kelishuvga erishilgan.

Bu haqda bugun ayni mavzuda bo‘lib o‘tgan marosimda so‘z bordi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, ushbu kompaniya loyiha doirasida tarmoqni operatsion boshqaruvga olib, investitsiya kiritadi, tarmoqlarni modernizatsiya qiladi, yo‘qotishlarni bosqichma-bosqich 2 barobarga kamaytiradi. Natijada har yili o‘rtacha 20 million dollar tejaladi.

«Biz elektr energiyasi generatsiyasi yo‘nalishidagi islohotlarimiz natijasida sohaga xorijiy sarmoyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etishda katta tajriba orttirdik.

Joriy yildan nafaqat elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste’molchilarga yetkazib berishda ham xususiy sheriklik tamoyillarini qo‘llashni boshladik», – dedi Prezidentimiz.

Shunday tajriba asosida kelgusi yilda Jizzax va Sirdaryo, 2027 yilda Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlarga taklif etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring