Markaziy harbiy okrugida to‘satdan trevoga signali doirasida mashqlar davom etmoqda

«Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydonida o‘tkazilayotgan inspektorlik tekshiruvi jarayonlarida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi boshqaruv apparati shaxsiy tarkibi nazorat sinov mashqlarini topshirishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Dastlab harbiy xizmatchilar nishonlarga o‘q otish tayyorgarligida pistoletdan aniq mo‘ljalga olish mashqlarini amalda bajarishdi. Shundan so‘ng ular ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalanish bo‘yicha tegishli me’yorlarni bajarishdi.
Harbiy xizmatchilar jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik hamda o‘z mutaxassisliklariga oid test sinovlarini topshirishdi. Shuningdek, boshqaruv apparatining yuqori qo‘mondonlikdan berilgan jangovar vazifaga asosan ishlab chiqqan taktik harakatlari baholandi.
Eslatib o‘tamiz, 25-iyun erta tong soat 2:00 da Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi boshqaruv apparati hamda unga qarashli Samarqand va Jizzax garnizonlaridagi harbiy qismlarga to‘satdan trevoga signali berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter