Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi dovon qayta ochildi
26 dekabr qorli ob-havo sabab Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.
Tegishli choralar ko‘rilib, avtomobil yo‘li qordan tozalandi. Ayni vaqtlarda dovon yo‘lida transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat berildi.
«Barcha haydovchilardan tezlik me’yorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz»,—deyiladi IIV YHXBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter