Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand va Kuvayt o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Samarqand va Kuvayt o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Al-Kuvayt va Samarqand shaharlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lamoqda.

Al-Kuvayt — Samarqand — Al-Kuvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi reys 2023-yilning 15-fevraliga mo‘ljallangan.

Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz,  Jazeera Airways O‘zbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Al-Quvaytdan Toshkentga muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari, Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring