Samarqand va Navoiyda katta miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aniqlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro O‘.Sh. fuqaro E.X.ga 3 738 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 100 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Departamentning Samarqand tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.X. fuqaro F.A.ga 162 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, undan yana 510 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter