Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda is gazidan qurbon bo‘lganlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda is gazidan qurbon bo‘lganlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto:«Xabar.uz»

28-mart kuni Samarqand shahrida vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqarolar xonadonda o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlangani xabar berilgandi. Ulardan 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari esa kuchli zaharlanish alomatlari bilan RShTTYoIAM Samarqand filialiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari shahar IIB TB tomonidan olib borilmoqda.

Bundan tashqari, marhumlar ishlagan uyining egasi F.X. ichki ishlar organ xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi hamda xodimlarning o‘z xizmat barchini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatilganligi holati yuzasidan F.X.ga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2021-yil 29-mart kungi qarori bilan F.X.ga MJtKning 194-moddasi va 195-moddasi bilan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring