Samarqandda gaz korxonasining kompyuteri 3,6 million so‘mga «adashdi»

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga (10-91) Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi yashovchi O.Norqulov qo‘ng‘iroq qilgan.
Murojaatda aytishicha, uning xonadonida o‘rnatilgan gaz hisoblagich bilan tuman gaz ta’minoti korxonasi kompyuter bazasidagi hisob-kitob o‘rtasida osmon bilan yercha farq bor. Uning qo‘lidagi hujjatlar gazdan qarzdorlik umuman yo‘q, aksincha, oldindan to‘lov borligini aytsa, «gazchi»ning kompyuteri teskarisi — fuqaro katta miqdorda qarz ekanini ko‘rsatyapti.
Ushbu masala bo‘yicha Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari o‘rganish olib bordi. Ma’lum bo‘lishicha, 6 kishi istiqomat qiluvchi xonadonda bir nechta pech, bitta titan va bitta gaz qozoni umumiy tarmoqqa ulangan. Iste’molchi O.Norqulovning tabiiy gaz uchun amalga oshirgan to‘lovlari hisoblab chiqilganda, aslida gaz ta’minoti korxonasi fuqarodan qarz ekani ma’lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng o‘rganishlar bo‘yicha dalolatnoma tuzildi. Boshqacha aytganda, «komyuterning xatosi to‘g‘rilandi» va muammo iste’molchining foydasiga 3,6 million so‘m hal etilishi bilan yakun topdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter